Said Olim

Qisqacha

  • To'liq ismi:

    Said Mir Muhammad Olim Xon

  • Tug'ilgan sana:

    3-yanvar, 1880-yil

  • Vafot etgan sana:

    5-may, 1944-yil

  • Tug'ilgan joyi:

    Buxoro Amirligi, Buxoro

  • Vafot etgan joyi:

    Afgʻoniston, Qobul

Said Olim

Said Muhammad Olim Turkiylarning Mangʻit ulusi Oʻzbeklari oilasida tugʻilgan. Said Olim oʻn uch yoshdaligida otasi Abdulahad tomonidan uch yilga davlatni boshqarish va harbiy maʼlumotlarni oʻzlashtirish uchun Sankt-Peterburgga yuboriladi. 1896-yilda u Rossiyadan Buxoro Shahzodasi sifatida Buxoroga qaytib keladi.


Ikki yildan soʻng u Nasaf Gubernatori etib tayinlanadi va ushbu lavozimida oʻn ikki yil faoliyat yuritadi. Keyingi ikki yilda u Karminning shimoliy provinsiyasini boshqaradi. 1910-yilda otasi Abdulahad Xon vafot etadi. Oʻsha yili Rossiya Imperiyasi Imperatori Nikolay II tomonidan Oliy martabaga koʻtariladi. 1911-yilda Said Olim Xonga Hazrati Oliylari Imperator Svitasida general-mayor unvoni beriladi.


Taxtga 1910-yilda oʻtirdi. Boshqaruvining boshida u sovgʻalar olmasligini, boshqa vazir va boshliqlarga pora olishni man etishini va soliqchilar va boshliqlarni xalqdan olgan soliqni oʻz manfaatlarida qoʻllamaslikni amr etdi. Biroq vaqt oʻtib vaziyat oʻzgarib ketdi, ushbu intrigalar oqibatida yangi qonunlar chiqarmoqchi boʻlganlar Moskva va Qozonga yuborildi. Said Olim Xon esa boshqaruvini anʼanaviy tarzda davom ettirdi.


Buxoro Amirligi Rossiya Imperiyasiga qaram hisoblansada Said Olim Xon oʻz davlatida Amir maqomiga ega edi. Said Olim Xonning pullariga Sankt-Peterburgda Masjid va Buxoro Amiri Uyi qurildi. 1915-yilning 30-dekabr kuni general-leytenent maqomiga ega boʻldi va Ter Kazaklari qoʻshinida general-adyutant maqomigacha koʻtarildi.


1920-yilda Qizil Armiya Buxoroni egallab olganida Said Olim Xon Buxoro Amirligining sharqiga, keyinroq esa Afgʻonistonga qochib ketadi.


Mamlakatidan tashqariga qochib ketganidan keyin Qorakoʻl sotib tirikchilik qilgan. Bosmachilikni qoʻllab-quvvatlagan. Qariligida koʻzi deyarli koʻr boʻlib qolgan. Uning bankdagi hisob raqamlari SSSR Hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan.


Said Muhammad Olim Xon 1944-yilning 5-may kuni 64 yoshida Qobulda vafot etgan.


Uning koʻp sonli avlodlari (qariyb 3000 kishi) butun dunyoga tarqalib ketgan. Ular asosan AQSH, Turkiya, Olmoniya, Afgʻoniston va boshqa davlatlarda istiqomat qilishadi.


Uning oʻgʻillaridan biri boʻlgan Shohmurod (Olimov familiyasini olgan) 1929-yilda otasidan voz kechgan va Qizil Armiya safida xizmat qilgan va Ikkinchi jahon urushida qatnashib oyogʻini yoʻqotgan. U oʻtgan asrning 60-yillarida Moskvadagi Frunze nomidagi Harbiy Akademiyada faoliyat yuritgan.